AQSH Janubi-Xitoy dengizi hududiga zarbdor kuchlar guruhini joylashtirganini tasdiqladi
AQSHning Tinch okeani qo‘mondonligi RIA Novostiga AQSH Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi munosabati bilan harbiy kemalari, jumladan, “Ronald Reygan” aviatashuvchisini Janubi-Xitoy dengizi hududiga joylashtirganini tasdiqladi.
"Men shuni tasdiqlashim mumkinki, zarbdor guruhlar, jumladan, "Ronald Reygan" aviatashuvchisi (CVN 76), USS Higgins (DDG 76), USS Antietam (CG54), USS Chancellorsville (CG 62) esminslari Janubi-Xitoy dengizi va Filippin dengizida murakkab patrullik xizmatini olib bormoqda", – deb ma’lum qilgan qo‘mondonlik vakili.