AQSH ittifoqchilari bilan Kiyevga yangi qurollar yetkazib berish masalasini muhokama qilmoqda
AQSH ittifoqchilari bilan Ukrainaga yordam berishning yangi choralarini muhokama qilmoqda, u qurol yetkazib berish va ukrainalik harbiylarni tayyorgarlikdan o‘tkazishni o‘z ichiga oladi, deb bayonot berdi Pentagon rahbari Lloyd Ostin.
"Biz ittifoqchilarimiz bilan Ukraina hududini himoya qilish maqsadida uni qo‘llab-quvvatlashning yangi choralarini muhokama qilmoqdamiz va bu ishni qilishda davom etamiz", - dedi Ostin filippinlik hamkasbi bilan birgalikda tashkil etgan matbuot anjumanida.
AQSH mudofaa vazirining qo‘shimcha qilishicha, yangi yordam qo‘shimcha qurol-yarog‘ yetkazib berishdan tashqari, logistika sohasida yordam ko‘rsatish hamda ukrainalik harbiylarni tayyorgarlikdan o‘tkazishni ham o‘z ichiga oladi.