Bu haqda AQSH moliya vazirining o‘rinbosari Uolli Adeyemo ma’lum qildi. "Biz 5 dekabrgacha, ya’ni YeI sanksiyasining oltinchi paketi kuchga kirganidan keyin eng yuqori narxni belgilaymiz. Ushbu qoida AQSH, uning “katta yettilikdagi” ittifoqchilari va ushbu koalitsiyaga qo‘shilishga rozi bo‘lgan boshqa qator davlatlar tomonidan joriy qilinadi", – dedi u Yahoo Finance efirida chiqish qilib.
Uning eslatishicha, “katta yettilik” tomonidan joriy qilingan sanksiyaning yettinchi paketiga ko‘ra, 5 dekabrdan boshlab Rossiyadan neft import qilish to‘xtatiladi, shuningdek Rossiya neftining import tranzitiga ham xizmat ko‘rsatilmaydi. "Narxni belgilash Rossiyaga o‘z neftini katta yettilik” xizmatidan foydalangan holda jo‘natishda davom ettirish imkonini beradi. Faqat shu shart bilanki, neft belgilangan narxda sotilishi kerak", – dedi AQSH moliya vazirligi vakili.
“Katta yettilik” mamlakatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya) yetakchilari 26-28 iyunda bo‘lib o‘tgan sammitda Rossiya energomahsulotlariga qaramlikni pasaytirishga niyatini tasdiqlab, Rossiya nefti va gazi narxlarini cheklashga oldindan kelishib olgandi. Iyul oyi boshida o‘rnatiladigan limit sifatida hozirgi narxning yarmi taklif etilmoqda. Blumberg ma’lumotlariga ko‘ra, gap 40-60 dollar haqida bormoqda.