Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Isroilga qiruvchi samolyotlarini joylashtirmoqda
21:23 / 2026-02-26

AQSH 11 ta F-22 ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotini Buyuk Britaniyaning Leykenxit aviabazasidan Isroil janubiga uchirdi. Ma’lum bo‘lishicha, havoga ko‘tarilgan 12 uchoqdan biri texnik nosozlik sabab ortga qaytgan. Bu haqda "The Times of Israel" xabar berdi.

Bu samolyotlar avval Buyuk Britaniyaga yetib kelib, bir necha kun qolgan, so‘ngra Isroilga yo‘naltirilgan.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar ilgari Yaqin Sharqdagi aviabazalarga o‘nlab F-22 va F-35 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari, shuningdek F-15 va F-16 qiruvchi samolyotlari hamda bir necha tanker joylashtirgan. Shu bilan birga yuzlab transport reyslari ham amalga oshirilgan.

AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Den Keyn va boshqa yuqori lavozimli amaldorlar Eronga qarshi harbiy harakat uzoq davom etishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Prezident Donald Tramp diplomatik yechim afzalligini bildirgan, ammo muzokara samara bermasa, kuch ishlatilishi ehtimoli borligi bilan bir necha bor tahdid qilgan. Eron ham Isroil va Amerika ob’ektlariga zarba bilan javob qaytarishni va’da qilgan. Shu hafta Jenevada AQSH - Eron muzokarasining navbatdagi bosqichi o‘tkazilishi kutilyapti.

F. Yaxshiboyeva, O‘zA