Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Isroilga o‘z yordamini taklif qildi
11:53 / 2022-03-30

AQSH hukumati Tel-Aviv yaqinidagi teraktni qoralaydi va voqea yuzasidan Isroilga yordam taklif qildi. Bu haqda o‘z “Twitter” sahifasida AQSH prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan yozdi.

– Biz Tel-Aviv yaqinidagi hujumdan hayratdamiz va isroillik ittifoqchilarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz, – dedi Jeyk Sallivan. Bu 11 kun ichida uchinchi shunday hurujdir. Biz Isroil bosh vaziri Naftali Bennett va uning hukumatiga barcha kerakli yordamni taklif qildik. Seshanba kuni Tel-Aviv yaqinidagi Bney-Brak shahrida avtomat bilan qurollangan 26 yoshli falastinlik o‘t ochib, 5 nafar isroillikni o‘ldirgan.  

Yahudiy davlati tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bir hafta ichida 11 nafar isroillik terakt qurboni bo‘lgan. Shu munosabat bilan Isroil armiyasi G‘arbiy Sohilga qo‘shimcha harbiy qismlarni jo‘natmoqda.