English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH iqtisodiyotiga eng ko‘p tahdid solayotgan mamlakat Xitoy ekani ma’lum qilindi
15:17 / 2022-02-01

Xitoy AQSHning iqtisodiy xavfsizlik va innovatsiya sohasiga katta tahdid solmoqda, dedi AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori Kristofer Rey.

"Agar tekshiruvlarimizni jamlasak, ularning ikki mingdan ortig‘ini Xitoy hukumati bizning ma’lumotlarimiz va texnologiyalarimizni o‘g‘irlashga bo‘lgan urinishi tashkil etadi. Dunyoning biror bir mamlakati bizning g‘oyalarimiz, innovatsiyalarimiz  va iqtisodiyotimiz xavfsizligiga Xitoychalik xavf solayotgani yo‘q. Xitoy hukumati juda ko‘p ma’lumotlarni o‘g‘irlab, mamlakatimizga katta zarar keltirmoqda, ko‘plab sohalarda yangi ish o‘rinlari ochilishiga to‘siq bo‘lmoqda", – dedi Rey Kaliforniyada Ronald Reygan kutubxonasida bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zga chiqib.

Uning ma’ruzasi matni FQB saytida e’lon qilindi.

Kristofer Reyning ta’kidlashicha, u rahbarlik qilayotgan byuro Xitoy razvedkasi amaliyotlariga qarshi kurashish uchun  har 12 soatda bitta ish ochmoqda. Bunga u, xitoylik xakerlar tarmog‘ining kompyuter tizimiga uyushtirgan hujumlarini misol qilib keltirdi.

Reyning qo‘shimcha qilishicha, Xitoydan kelayotgan tahdidlar so‘nggi paytda yangi bosqichga ko‘tarilgan. Shu bilan birga, FQB rahbari ma’ruzasida Xitoy xalqini emas, balki hukumatini nazarda tutayotganini ta’kidlab o‘tdi.