Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH iqtisodiyoti yilning ikkinchi yarmidan boshlab jadal rivojlanadi
15:47 / 2020-04-28

AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yilning ikkinchi yarmida iqtisodiyotning jadal oʻsishini taʼkidladi.


AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yilning ikkinchi yarmida iqtisodiyotning jadal oʻsishini taʼkidladi. “Oʻylashimcha, bizda uchinchi chorakda fenomenal oʻsish qayd etiladi, ikkinchi chorakda nima boʻlsa boʻldi“, – degan Tramp matbuot anjumanida.

Yaqinda kongressning byudjet boshqarmasi AQSH iqtisodiyoti 2020-yilda 5,6 foizga pasayishini hisoblab chiqdi. Ammo 2021-yilning oxiriga kelib iqtisodiy koʻrsatkichlar 2020-yil boshidagi koʻrsatkichlarga yaqin keladi, deyiladi xabarda. Shu bilan birga, iqtisodiy oʻsish koronavirus pandemiyasining qanday rivojlanishiga ham bogʻliq ekani aytilmoqda.

Kongress ekspertlarining taxmin qilishicha, voqealar hatto ushbu umidbaxsh ssenariy boʻyicha kechganda ham boshda 3,6 foiz deyilgan ishsizlik koʻrsatkichi 2021-yilning oxirigacha 10 foizdan pastga tushmaydi.