Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH immigratsiya taqiqini 30 ta davlatga kengaytirishi mumkin
16:14 / 2025-12-06

Qo‘shma Shtatlar Vashingtonda Milliy gvardiya qo‘shinlariga qilingan shov-shuvli hujumdan so‘ng, amaldagi immigratsiya taqiqini taxminan 30 ta mamlakatgacha kengaytirishni muhokama qilmoqda, deb xabar tarqatdi “CBC News”telekanali.

Kanal manbalari qaror dastlabki bosqichda ekanligi va ro‘yxat o‘zgarishi mumkinligini ta’kidlagan. Ayrim OAV manbalari AQSH ma’muriyati yangi choralar muhokamasini Vashingtondagi hujum bilan bog‘layotganini aniqlagan. Bu hujum 2021 yil sentyabr oyida mamlakatga kirgan va shu yilning aprel oyida siyosiy boshpana olgan afg‘on fuqarosi tomonidan sodir etilgan deb taxmin qilinmoqda.

Shu bilan birga, AQSH rasmiylari allaqachon afg‘on fuqarolari uchun viza va immigratsiya arizalarini to‘xtatib qo‘ygan, barcha boshpana berish jarayonlarini muzlatgan va amaldagi taqiqqa kiritilgan 19 ta davlat fuqarolari uchun yashil kartalarni qayta ko‘rib chiqishni boshlagan.

S.Rahimov, O‘zA