Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH imkoni boricha Xitoy bilan hamkorlik qiladi
09:44 / 2022-10-13

AQSH hukumati imkon qadar Xitoy bilan konstruktiv hamkorlik qilish niyatida. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.

“Bunday hamkorlikni hurmat yoki tamoyillarimiz evaziga emas, balki dunyo mas’uliyatli davlatlar umumiy muammolarni hal qilishini kutayotgani uchun amalga oshirishimiz kerak. Biz bundan manfaatdormiz”, dedi Sallivan.
Chorshanba kuni AQSHning yangi Milliy xavfsizlik strategiyasi e’lon qilindi. Taxminan ellik sahifadan iborat ushbu siyosiy hujjatda, xususan, Amerika Rossiyani jilovlashi hamda Xitoy bilan raqobat qilib, g‘olib chiqishi qayd etilgan.
 

O‘zA