Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSh hukumati tomonidan Green Card talablari qat’iylashtirildi
16:26 / 2019-08-15

Endi yashil karta o‘zini moliyaviy ta’minlay oladigan va ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirgan muhojirlar uchun AQSh tomon yo‘l ochadi.


Endi yashil karta o‘zini moliyaviy ta’minlay oladigan va ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirgan muhojirlar uchun AQSh tomon yo‘l ochadi.

Mamlakatdagi migratsiya tizimini tartibga solish Donald Trampning AQSh rahbarligi faoliyatidagi asosiy vazifalardan biri etib belgilangan. Mana bir necha yildirki Tramp o‘zining mamlakat Prezidentligi vakolati doirasida ushbu vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirib kelmoqda.

12 avgust kuni AQSh Milliy xavfsizlik vazirligi tomonidan qabul qilingan yangi qonunga ko‘ra, Green Card lotereyasi orqali Qo‘shma Shtatlarga kirish va ushbu omadli karta evaziga mamlakatda yashayotgan fuqarolar uchun karta muddatini uzaytirishda qator qat’iy talablar joriy etildi.

2019 yilning 15 oktabr sanasidan amalga joriy etiladigan lotereyaning yangi qonun-qoidalariga ko‘ra, AQSh hukumati tomonidan qonuniy ijtimoiy yordam olib, u yerda yashab qolish ancha murakkablashadi. Endi yashil kartaga ega bo‘lish jarayonida ariza egasining moliyaviy ahvoli, ta’limiy ma’lumoti, yoshi va ingliz tilini bilish darajasi asosiy omil hisoblanadi. Amerikada yashash uchun kelgan muhojirlar o‘z imkoniyati doirasida o‘zini moliyaviy ta’minlashi kerak bo‘ladi. Shuningdek, davlat ayblovlari bilan ayblangan va sudlangan fuqarolar uchun yashil karta lotereyasiga ega bo‘lish qat’iyan ta’qiqlanadi.

AQSh davlat budjetidagi inqirozni tartibga solish tizimi doirasida amalga oshirilayotgan ushbu islohot oziq-ovqat to‘lovlari va turar joy uchun davlat subsidiyalari bilan ta’minlanadigan qonuniy muhojirlar uchun katta cheklovlar qo‘yadi.

The New York Times nashrida keltirilishicha, ushbu o‘zgarishlar AQShga keluvchi muhojirlar oqimini qisqartirish va mamlakatda qonuniy yashash huquqiga ega bo‘lgan muhojirlar sonini kamaytirishga qaratilgan “tozalash siyosatining” bir tadbiri hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilda Green Card lotereyasi asosida Qo‘shma Shtatlarga kelgan muhojirlar soni 638 ming kishini tashkil etib, rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. Orzular lotereyasi bo‘lgan Green Cardni bekor qilish taklifi AQSh Kongressi tomonidan rad etilgandan so‘ng uning shartlariga yangi me’yorlarni joriy etish o‘z navbatida AQShning xalqaro maydondagi mavqeiga ta’sir etmagan holda mamlakatdagi migratsiya tizimini tartibga solishning asosiy omili hisoblanmoqda.