Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH hukumati Eron bilan diplomatik kelishuv uchun doim tayyor ekanligini ma’lum qildi
10:38 / 2021-10-26

Qo‘shma Shtatlarning hozirgi ma’muriyati Eron yadroviy dasturiga doir muzokaralar “darchasi” hech qachon yopilmasligini nazarda tutib ish ko‘radi.

“TASS” xabariga ko‘ra, AQSHning Eron bo‘yicha maxsus vakili Robert Melli xorijiy jurnalistlar bilan uchrashuvda shunday fikrni aytdi.

“Diplomatiya darchasi yopilmaydi. Biz Eron bilan diplomatik kelishuv uchun doim ochiqmiz va yadroviy dastur bilan bog‘liq tanazzulga faqat diplomatik yo‘llar bilan yechim topish mumkin, deb hisoblaymiz”, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning avvalgi prezidenti Donald Tramp mamlakat 2018 Eron yadroviy dasturiga oid xalqaro kelishuvdan chiqishini e’lon qilgan.

Hozirgi ma’muriyat esa, mazkur kelishuvga qaytish istagi haqida bir necha marta bayonot bergan.