French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH harbiy samolyoti Janubiy Koreyaga qo‘ndi
15:28 / 2023-10-18

Amerikaning “B-52” strategik bombardimonchi samolyoti Koreya yarim orolida parvoz mashqini bajarib, ilk bor Janubiy Koreya hududiga qo‘ndi, deb xabar tarqatdi “Ryonxap” agentligi.

Ta’kidlanishicha, “B-52” bugun Seulda ish boshlagan xalqaro aerofazoviy mudofaa ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tayotgan manzil uzra parvozini namoyish qilgan, so‘ngra Chxonchju shahrida joylashgan Koreya Respublikasi harbiy havo kuchlari (HHK) bazasiga yo‘l olgan. AQSH uchog‘i Janubiy Koreya HHKga qarashli “F-35A” qiruvchi samolyoti bilan birga mashq bajargan.

“B-52” Koreya yarim orolida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarga avvallari ham bir necha marta jalb qilingan, biroq hech qachon bu hududga qo‘nmagan.

“Bu Pxenyanning yadro va raketa salohiyatini mustahkamlash sa’y-harakatiga ogohlantiruvchi javob”, deyiladi xabarda.