Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH gipertovushli qurolga qarshi kurash vositasi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi
12:14 / 2022-08-20

Bu haqda AQSH mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Ketlin Xiks bayonot bergan.

"Barcha tafsilotlarga to‘xtalmay, faqat shuni ma’lum qilishim mumkinki, biz gipertovushli qurolga qarshi kurash vositalarini yaratishga investitsiya kiritmoqdamiz, chunki boshqa mamlakatlar ushbu qurolni  bizga qarshi qo‘llasa undan himoyalanishimizga ishonchimiz komil bo‘lishi kerak", - dedi u jurnalistlar bilan suhbatda. Uning suhbatini Pentagon e’lon qilgan. 

AQSH mudofaa idorasi rahbarining birinchi o‘rinbosari o‘z suhbatida, AQSH ham o‘zining gipertovushli qurolini yaratish bilan shug‘ullanayotganini ma’lum qilgan. "Amerikaning gipertovushli qurolini yaratish dasturi  bo‘yicha sezilarli natijalarga erishganmiz, deb hisoblayman", - degan Xiks.  

Xiksning qo‘shimcha qilishicha, AQSH gipertovushli qurollarni samarali qo‘llash bo‘yicha o‘zining qator konsepsiyasiga ega. Qolaversa, u "RF va Xitoynikidan anchayin farq qiladi", deydi Pentagon rahbarining birinchi o‘rinbosari.