French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH G‘azoni egallamoqchimi?
13:39 / 2025-02-05

Prezident Donald Tramp G‘azo sektoridagi bir milliondan ortiq aholini ko‘chirish Amerika Qo‘shma Shtatlari qo‘shini yordamida amalga oshirilishini zimmasiga olmoqchi, deb yozdi CNN.

– AQSH G‘azoni egallaydi, – dedi Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan birga o‘tkazilgan matbuot anjumanida. – Biz hududga egalik qilamiz: sektordagi barcha xavfli portlamagan bombalar va boshqa qurollarni zararsizlantirish, vayron qilingan binolardan qutulish uchun javobgar bo‘lamiz.

“G‘azodagi xavfsizlik bo‘shlig‘ini to‘ldirish uchun qo‘shin yuborilishi mumkinmi?”, degan savolga AQSH yetakchisi “G‘azo masalasida nima zarur bo‘lsa, barchasini qilamiz”, deya javob bergan.

– Uzoq muddatli egalik ehtimolini ko‘ryapmiz, – degan prezident. – Bu osonlik bilan qabul qilingan qaror emas. Biz gaplashgan har bir kishi Qo‘shma Shtatlar o‘sha joyga egalik qilishi, rivojlantirishi va minglab ish o‘rinlari yaratishini ma’qul ko‘rmoqda.

Sektorning falastinliklar ishtirok etmaydigan kelajagi mavzusiga to‘xtalarkan, Tramp shunday dedi:

– Odamlar G‘azoda o‘zini xuddi do‘zaxda yashagandek his qiladilar. Bu hudud insonlar yashaydigan joy emas. Kishilar qaytishni xohlashiga yagona sabab shuki, men bunga qat’iy ishonaman, ularda muqobil yo‘l yo‘q.

G‘azoliklarni ko‘chirish taklifi Isroilning ashaddiy siyosatchilariga yoqadigan ig‘vogarona qarashga aylanmoqda. Garchi, hech qaysi davlat yana falastinlik qochqinlarni qabul qilishni istamayotgan bo‘lsa-da...

Musulmon Ziyo, O‘zA