English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazdi
16:55 / 2024-04-03

AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) G‘azo sektorining qamaldagi shimoliy hududlariga havo orqali 50 680 hissa taom ko‘rinishida insonparvarlik ko‘magi solingan konteyner yetkazdi. Bu haqda tuzilmaning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

31-mart, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 13.23 da amalga oshirilgan tadbirga C-130 rusumli harbiy transport samolyoti jalb qilingan.

– AQSH eksklavdagi falastinliklarga havodan yordam ko‘rsatishda davom etadi, – deyilgan bayonotda. – 1-aprel kuni Iordaniya Qirolligi Havo kuchlari bilan birga G‘azo shimoliga 25 344 hissa gumanitar yordam havo orqali yetkazildi.