Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH fuqarolari Belarusni tark etishga chaqirilmoqda
12:46 / 2023-08-22

AQSHning Belarusdagi elchixonasi o‘z fuqarolarini zudlik bilan mamlakatni tark etishga chaqirdi.

Bu haqdagi tegishli bayonot ijtimoiy tarmoq orqali e’lon qilindi: – AQSH fuqarolariga ogohlantirish: 18 avgust kuni Litva hukumati Belarus bilan chegaradagi Tveretsius/Vizi va Sumskas/Losha nazorat-o‘tkazish manzillarini mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid solishi hamda davom etayotgan migratsiya inqirozi kuchayishi ehtimoli sabab yopdi. Boshqa nazorat nuqtalari ochiq. Belarusga sayohat qilmang!  

Ushbu davlatdagi AQSH fuqarolari zudlik bilan mamlakatni tark etishlari kerak. Demak, endi Belarus fuqarolari uchun mamlakatdan YeI hududiga chiqish qiyinlashadi.  

Belarusda ikki nazorat-o‘tkazish punkti yopilishi do‘stona bo‘lmagan qaror sifatida qabul qilindi. Minsk fikricha, Litva ataylab chegarada navbat cho‘zilishi uchun sharoit yaratmoqda va Belarusga vizasiz kira oladigan litvaliklar oqimini susaytirmoqda.

28 avgust kuni Litva, Latviya va Polsha rasmiylari Varshavada Belarus bilan barcha chegarani butunlay yopish imkoniyatini muhokama qilmoqchi. Hozircha olti chegara manzilidan to‘rttasi ishlab turibdi.

O‘zA