Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Federal qidiruv byurosi Afg‘oniston terrorchilar makoniga aylanib qolishidan xavotirda
09:45 / 2021-09-22

AQSH Federal qidiruv byurosi amerikaliklar va ittifoqchilarining harbiylari ketganidan so‘ng Afg‘oniston terrorchilar makoniga aylanib qolishidan xavotirda.

“TASS” xabariga ko‘ra, bu haqda byuro direktori Kristofer Rey AQSH vakillar Palatasidagi eshituv chog‘ida fikrini aytgan.  

Reyning qo‘shimcha qilishicha, FQB Afg‘onistonda terrorchi guruhlarning faolligi va ularning boshqa mintaqalarga tajovuzi uchun qulay sharoit paydo bo‘lishini istisno tutmaydi.  

“Afg‘onistondan keluvchi tahdid bizning ustuvor masalamiz bo‘lib qoladi”, dedi mazkur eshituvda qatnashgan terrorchilikka qarshi kurash Milliy markazi direktori Kristin Abizad.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus xizmat vakillari bu mamlakatdagi hodisalarni diqqat bilan kuzatib boradi.