Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH federal hukumati bir haftada uchinchi jinoyatchiga nisbatan oʻlim jazosini ijro etdi
16:49 / 2020-07-18

Des Moines Register nashrining yozishicha, mazkur haftada uchta oʻlim jazosi ijro etildi.


Des Moines Register nashrining yozishicha, mazkur haftada uchta oʻlim jazosi ijro etildi. 17 yildan buyon federal darajada qatl etish jazosi ijro etilmayotgan edi.

Shanba kuni bundan 30 yil avval Ayova shtatida metamfetamin tarmogʻini yoʻlga qoʻygan va besh kishini, jumladan voyaga yetmagan ikki bolani oʻldirgan 52 yoshli Dastin Xonken osib oʻldirildi. Bu Ayova aholisi orasida 50 yil ichida oʻlim jazosi ijro etilgan birinchi holat hisoblanadi. Shtatda oʻlim jazosi 1965-yilda bekor qilingan edi. Lekin hukmni federal sud chiqargani uchun jazoni ijro etish imkoniyati tugʻildi.

Keyingi qatl ijrosi 28-avgustga belgilangan. Shu kuni voyaga yetmagan qizni oʻgʻirlab zoʻrlagani uchun Kit Dueyn Nelson hayoti bilan vidolashadi.

Oliy sud 1976-yilda oʻlim jazosini qoʻllashni qayta tiklagandan buyon, hozirgacha 1,5 mingdan ziyod jinoyatchi qatl qilingan. Ulardan faqat uch nafari federal hukumat yurisdiksiyasi ostida boʻlgani uchun yashab kelayotgan edi. Ayni paytda federal qamoqxonalarda oliy jazoga hukm qilingan yana 60 nafar jinoyatchi kun sanab oʻtiribdi.