AQSH Eronning yettita tashkilotiga eksport cheklovlarini joriy qildi
AQSH Eronning yettita tashkilotiga Rossiya harbiy sanoati sektoriga yordam berayotganlikda gumon qilib sanksiya joriy qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Amerika savdo vazirligi e’lon qilgan hujjatda shunday deyiladi:
"Sanoat va xavfsizlik byurosi (AQSH savdo vazirligi) sanksiyalar ro‘yxatiga Eronning yettita tashkilotini qo‘shdi. AQSH hukumatining aniqlashicha, mazkur tashkilotlar Rossiya harbiy va mudofaa sanoati bazasini qo‘llab-quvvatlab milliy xavfsizlikka yoki Qo‘shma Shtatlarning xorijiy manfaatlariga zid ravishda faoliyat olib borgan".