Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Eronni tezkor yadroviy bomba yaratishga urinishda aybladi
14:07 / 2025-02-04

“New York Times” gazetasi sobiq rasmiylarga tayanib yozishicha, AQSHning Eron, go‘yoki, tezkor yadroviy bomba yaratish yo‘lini topishga urinayotganiga ishonchi komil.

– Razvedka ma’lumotiga ko‘ra, eronlik qurol-yaroq yaratuvchilar va olimlar yadro yonilg‘isi zaxirasini bir yil yoki undan ko‘proq emas, balki bir necha oy ichida qurolga aylantirish imkonini beradigan yo‘lni izlamoqda, – deyilgan maqolada. – Faqat bu reja Tehron hozirgi yondashuvini o‘zgartirishga qaror qilsagina amalga oshadi.

Ushbu razvedka ma’lumotini Jo Bayden davridagi ma’muriyat so‘nggi oylarda to‘plagani va Donald Tramp boshchiligidagi yangi rahbariyatga topshirgani aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, bu masala Prezident Tramp va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘rtasidagi uchrashuvda ko‘tarilishi mumkin.

2015 yil Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH, Fransiya va Eron yadroviy kelishuvga erishib, ushbu Islom Respublikasi yadroviy dasturi cheklanishi evaziga sanksiya yumshatilishi taklifini kiritgandi. 2018 yil esa, ya’ni Trampning avvalgi muddatida, Qo‘shma Shtatlar mazkur bitimdan chiqdi va Tehronga qarshi sanksiyani qayta joriy qildi. Bunga javoban Eron hujjatda belgilangan majburiyatini bosqichma-bosqich qisqartirish, xususan yadro tadqiqoti va uranni boyitish darajasini cheklashdan voz kechishini e’lon qilgan.