AQSH Eronga “Starlink” terminallarini yetkazganmi?
“The Wall Street Journal” yozishicha, Prezident Donald Tramp ma’muriyati o‘tgan oy norozilik namoyishi bostirilgandan so‘ng, Eronga minglab “Starlink” terminallarini yashirincha yuborgan.
Nashr xabarida Tehron cheklov qo‘ygach, namoyishchilar internetga kirishini ta’minlash maqsadida mamlakatga taxminan 6000 sun’iy yo‘ldosh internet to‘plami yetkazilgan. Bu AQSH tomonidan Eronga “Starlink” uskunalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborilgan ilk holat.
Manbalar ta’kidlashicha, Prezident Tramp jo‘natmalardan xabardor bo‘lgan, faqat shaxsan bunga ruxsat berganmi yoki yo‘qmi, noma’lum.
S.Rahimov, O‘zA