Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Eronga qarshi hujumda sun’iy intellektdan foydalandimi?
13:35 / 2026-03-02

“The Wall Street Journal” manbalarga tayanib xabar berishicha, Yaqin Sharqdagi Amerika hujumi “Anthropic” sun’iy intellekt texnologiyasi va “Claude” modeli yordamida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

Mazkur SI qurilmasi CYeNTCOM kabi turli bo‘linmalar razvedka ma’lumotini baholash, nishonni aniqlash va jangovar ssenariyni simulyatsiya qilish uchun ishlatiladi. Binobarin, AQSH Markaziy qo‘mondonligi Eronga qarshi joriy amaliyotda aynan qaysi tizimdan foydalanilayotgani haqida izoh bermagan.

Harbiy amaliyotda SIdan foydalanish bahs-munozaraga sabab bo‘lmoqda, chunki Tramp 27-fevral kuni tegishli agentliklarga “Anthropic” bilan ishlashni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Pentagon esa bunday sa’y-harakatni milliy xavfsizlikka tahdid, ta’minot zanjiri uchun xavf, deb atagan.

S.Rahimov, O‘zA