Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Eron yadroviy dasturiga oid xalqaro kelishuvga qaytish shartini ma’lum qildi
15:44 / 2021-09-22

Tehron o‘z majburiyatlarini bajarishga kirishsa, AQSH Eron bilan birgalikda mazkur mamlakatning yadroviy dasturiga oid xalqaro kelishuvga qaytishga tayyor.

“REGNUM” bu haqda xabar tarqatgan.  

AQSH Prezidenti Jo Bayden BMT Bosh assambleyasidagi chiqishi chog‘ida shunday fikrlarni bayon qildi.  

Uning ta’kidlashicha, AQSH hamon Eronning yadroviy dastur bo‘yicha olib borayotgan ishini to‘xtatish harakatida sobit turibdi va bu borada kelishuvga a’zo davlatlar bilan hamkorlikda ish ko‘radi.  

“Agar Eron kelishuv shartlarini bajarishga qaytsa, biz ham kelishuvga qaytib, barcha majburiyatlarni bajarishga tayyormiz”, dedi Bayden.  

Avvalroq, BMT Bosh assambleyasi sessiyasi doirasida Eron yadroviy dasturiga oid uchrashuv bo‘lmasligi ma’lum qilingandi.