Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH – Eron muzokarasi davom etmasligi mumkin
17:11 / 2025-06-03

Yadroviy kelishuv bo‘yicha AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaraning navbatdagi, oltinchi davrasi o‘tkazilishi so‘roq ostida turibdi, deya xabar tarqatdiCNN manbalarga tayanib.

Telekanal iqtibos keltirgan eronlik mulozim AQSHning yangi taklifini “izchil va uzviy emas” degan.

Ikki mamlakat O‘mon vositachiligida Eronning yadro dasturi bo‘yicha besh marta bilvosita muloqot o‘tkazdi. 23 may kuni Rimda kechgan oxirgi muzokara yakunida Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chiy O‘mon tomonidan taklif etilgan mexanizm muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf qilishga yordam berishi, bunday taraqqiyotga bir yoki ikki bosqichda erishish mumkinligini aytdi.

Beshinchi davra oldidan Oliy rahnamo Ali Humanaiy AQSH Islom Respublikasidan uran boyitilishidan voz kechishni talab qilgach, kelishuvga erishish imkoniyatiga shubha bildirib, Amerika rahbariyati talabini inkor etdi. Eron Tashqi ishlar vazirligi ham ayni yondashuvni yoqladi.

Binobarin, Eron avvalroq uranni boyitish darajasi kamaytirilishi imkoniyatini tan olgan. Shuningdek, dasturning tinch xususiyatini ko‘rsatish uchun yadroviy faoliyat ustidan kuchliroq nazorat o‘rnatishga tayyorligi haqida ham gapirgan.

“Axios” portali esa manbalarga tayanib AQSHning yadroviy kelishuv bo‘yicha taklifi noma’lum muddatda Eron uranni past darajada boyitishiga izn berishni nazarda tutishi haqida yozgan.

S.Rahimov, O‘zA