Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Eron delegatsiyasining BMT Bosh Assambleyasidagi ishtirokini cheklamoqchi
18:26 / 2025-09-23

Shu hafta AQSH Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasida qatnashayotgan Eron delegatsiyasi harakatini cheklab, ushbu mamlakatga qarshi yangi bosim choralarini ko‘rdi. Gap shundaki, Eronliklarga ulgurji do‘konlar hamda hashamatli mahsulotlar sotiladigan savdo markazlariga kirish taqiqlangan.

Davlat kotibi Marko Rubio EIR rasmiylari BMT qarorgohiga borib-kelib, faqat rasmiy vazifalarini bajarishi, qat’iy zarur hududlardagina harakatlanishi lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklar xavfsizligi eng muhim masala. Ya’ni, AQSH Eron delegatsiyasi shahar bo‘ylab erkin harakatlanish orqali “terrorchilik dasturi”ni ilgari surish uchun imkoniyat paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.

— Eron xalqi qashshoq yashayotgan, vayron infratuzilma, suv va elektr quvvati taqchilligidan aziyat chekayotgan bir paytda, biz mamlakat ruhoniy elitasi Nyu-Yorkda xarid amaliyoti bilan mashg‘ul bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz, — deyilgan bosh Departament bayonotida. 

—Mamlakat rejimi rasmiylariga oddiy eronliklar imkoni bo‘lmagan tovarlarni sotib olish uchun diplomatik sayohatdan foydalanishni taqiqlash orqali biz aniq aytamiz: Qo‘shma Shtatlar Eron xalqini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz shuni nazarda tutyapmiz.

S.Rahimov, O‘zA