Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH endi Grenlandiyaga ko‘z tikmoqda
18:07 / 2026-01-07

-

Britaniyaning “The Times gazetasi AQSH Grenlandiya ustidan nazoratni qo‘lga kiritishi ehtimoli bilan bog‘liq to‘rt ssenariyni taxmin qilgan.

Birinchi faraz “bosqinchilik”ni nazarda tutishi tahlil qilingan umumiy maqolada aks etdi. “Bunday amaliyot muammosiz amalga oshirilishi mumkin, faqat aholining salmoqli qismi norozilik bildirsa, amerikaliklar Grenlandiyaning afzalliklaridan to‘liq foydalanishi qiyin kechadi...” deya ta’kidlaydi muallif.

Ikkinchi ssenariy – majburlash: Qo‘shma Shtatlarning Daniyaga bosimi kelgusi oylarda kuchayadi, ayniqsa daniyaliklar va boshqa yevropaliklar Qo‘shma Shtatlarning NATOga sadoqatini saqlab qolishga juda muhtojligi inobatga olinsa...

Shundan keyin erkin assotsiatsiya tuzish, shuningdek orolni birgalikda boshqarish imkoniyati sanab o‘tiladi. Bunda “Daniya kengroq yoki torroq status-kvoni saqlab qoladi”.

Tramp после операции в Венесуэле заявил, что SША нужdaются и в Гренландии -  РИА Новости, 04.01.2026

4 yanvar kuni Oq uy ma’muriyat rahbari o‘rinbosari Stiven Millerning rafiqasi Keti Miller ijtimoiy tarmoqqa AQSH bayrog‘i rangidagi Grenlandiya xaritasi tasvirlangan va “tez orada” yozuvi tushirilgan suratni joylashtirdi. Bunga javoban Daniyaning Vashingtondagi elchisi Yesper Myoller Syorensen ikki davlat yaqin ittifoqchi ekanini eslatib, Kopengagen Qirollikning hududiy yaxlitligiga to‘liq hurmat ko‘rsatilishini kutayotganiga urg‘u berdi.

Grenlandiya Bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen o‘sha kuni rasmga izoh berib, bu hurmatsizlik ekanini aytsa-da, vahima qo‘zg‘ashga hech qanday sabab yo‘qligini bildirdi.

Prezident Donald Tramp Grenlandiya Qo‘shma Shtatlarning bir bo‘lagi bo‘lishi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan. O‘z qarori yirik orolning milliy xavfsizligi bilan bog‘liqligi, qolaversa Xitoy va Rossiyadan himoyalanishning strategik ahamiyatini ham eslatgan.

Гренландию охvaтили массовые протесты против возможного установлеniя  контроля SША

Grenlandiya sobiq Bosh vaziri Mute Egede orol hech qachon sotilmasligini aytgan.

Kuni kecha “Politico” shunday deb yozdi:

– Qo‘shma Shtatlar noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQSH oraliq saylovi va 4 iyul kuni nishonlanadigan Amerika mustaqilligining 250 yilligi oldidan Grenlandiya ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish imkoniyatidan foydalanishga urinishi mumkin.

Shu bilan birga Trampning orolni boshqarish usuli harbiy bo‘lmasligi ham taxmin qilinmoqda.

Карта Гренландии с гороdaми / Grenlandiya на карте мира

Bu ssenariy Markaziy razvedka boshqarmasi harbiy va fuqarolik nazoratini kuchaytirishga intilayotgan bir payt, mahalliy siyosatchilarni pora berish yo‘li bilan sotib olishga urinishni anglatadi.

– Amerikaliklarda maqsadga erishish uchun turli vositalar bor, deyilgan maqolada.

1953 yilgacha Daniya mustamlakasi bo‘lgan Grenlandiya hamon Qirollik tasarrufida. 2009 yil orolga o‘zini o‘zi boshqarish va ichki siyosatini mustaqil ravishda tanlash imkoniyati nazarda tutilgan muxtoriyat vakolati berilgan.

S.Rahimov, O‘zA