AQSH elchixonasida josuslik janjali
Norvegiyaning NRK davlat teleradiokompaniyasi xabar berishicha, AQSHning Oslodagi elchixonasi sobiq qo‘riqchisi Rossiya va Eron foydasiga josuslik qilgan.
Prokuratura ma’lumotida ismi-sharifi oshkor etilmagan Norvegiya fuqarosi maxfiy ma’lumot, jumladan bino va manzil chizmasini xorijiy davlat vakillariga uzatgan.
Aloqa o‘rnatish va ma’lumot tarqatish bilan bog‘liq faoliyat mamlakat hududi, shuningdek Serbiya va Turkiyada amalga oshirilgan. Shaxs o‘tgan yil noyabr oyida milliy xavfsizlikka zarar yetkazishda gumonlanib hibsga olingan.
Advokat aytishicha, uning himoyasidagi ayblanuvchi xulosada keltirilgan faktlarni tan oladi, ammo jinoiy niyatni inkor etadi.