Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH elchixonasi Amerika fuqarolarini zudlik bilan Ukrainani tark etishga chaqirdi
12:17 / 2022-07-16

AQSH elchixonasi Ukrainadagi fuqarolariga murojaat qilib, xavfsizlik nuqtai-nazardan zudlik bilan Ukrainani tark etishga chaqirdi.

AQSH dipmissiyasi saytida shunday xabar tarqatilgani aytilmoqda.

«Ukrainaning barcha hududida xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat keskinligicha qolmoqda va mamlakatda kechayotgan harbiy harakatlar har daqiqada kutilmagan natijalarga olib kelishi mumkin», – deyiladi AQSH elchixonasi tarqatgan xabarda.

AQSH elchixonasi Kiyevda 18 mayda, ya’ni Rossiya harbiy amaliyot boshlagandan keyin uch oydan ortiq muddat o‘tib faoliyatini boshlagan edi.