Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH elchisi: Trampning sabr kosasi to‘ldi
15:50 / 2025-06-03

– Rossiya – Ukraina mojarosi tufayli Prezident Donald Trampning sabr kosasi to‘ldi, – dedi AQSHning Turkiyadagi elchisi va Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tomas Barak “Star” gazetasiga. – O‘ylaymanki, muzokarada Anqara muhim rol o‘ynaydi. Turkiya va Rossiya Ukraina bilan an’anaviy munosabatga ega. Ayni omil hech bo‘lmaganda muloqot o‘rnatishda ahamiyat kasb etadi.

Kecha Istanbulda RF va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaraning ikkinchi davrasi bo‘lib o‘tdi. Rus guruhi rahbari Vladimir Medinskiy voqeaga izoh berarkan, Rossiya va Ukraina keng ko‘lamli mahbuslar almashinuvi bo‘yicha kelishib olganini ma’lum qildi:

– Bemorlar, og‘ir yaradorlar, shuningdek 25 yoshgacha bo‘lgan mahbuslar “Hamma uchun hamma” tamoyili bo‘yicha almashiladi. Umumiy ayirboshlash chegarasi 1000 kishidan kam emas. Bundan tashqari tomonlar marhumlar jasadini olish uchun tegishli hududlarda o‘t ochishni to‘xtatadilar.