Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSh elchisi Samarqandda
17:59 / 2020-01-28

Hokim bilan uchrashuv, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan tanishuv, jurnalistlar bilan muloqot


Hokim bilan uchrashuv, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan tanishuv, jurnalistlar bilan muloqot

Bugun – 28 yanvar kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, elchi janoblari dastlab viloyat hokimligiga tashrif buyurib, viloyat hokimi E.Turdimov bilan uchrashgan.

Shundan so‘ng Deniel Rozenblyum Payariq tumanidagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida bo‘lib, ushbu muassasa faoliyati, bu yerdagi muzey bilan tanishdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmatining xabar berishicha, AQSh elchisi markaz muzeyida Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy izlanishlari haqida hikoya qiluvchi suratlar, noyob tarixiy eksponatlar va ilmiy manbalarni katta qiziqish bilan tomosha qilgan. Mehmonga xalqaro markaz va AQSh Tinchlik instituti hamkorligida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar haqida ma’lumot berilgan.

Deniel Rozenblyum markazning zamonaviy va milliy me’morlik an’analarini o‘zida mujassam etgani, ilg‘or texnika va texnologiyalar bilan jihozlangani, eng muhimi, ma’rifatli islom g‘oyalarini targ‘ib etishda qator yutuqlarni qo‘lga kiritayotgani katta taassurot uyg‘otganini ta’kidlagan.

Samarqandlik jurnalist va blogerlar bilan birga tushlik qilgan AQShning mamlakatimizdagi elchisi O‘zbekistondagi ochiqlik siyosati, xususan, jamoatchilik nazorati o‘rnatilishida ommaviy axborot vositalarining o‘rni xususida ularning fikrlari bilan qiziqdi.