AQSH dunyodagi kuchli pasportlar o‘ntaligiga kirolmadi
Qo‘shma Shtatlar pasporti “Henley Passport Index” reytingida dunyodagi eng kuchli pasportlar o‘ntaligiga kirolmadi va 12-o‘ringa tushib ketdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” nashri.
Hisobotga ko‘ra, AQSH fuqarolari 180 ta davlatga vizasiz yoki kelganidan so‘ng viza olib tashrif buyurishlari mumkin, bu borada amerikaliklar Malayziya fuqarolari bilan bir xil ko‘rsatgichga ega. Taqqoslash uchun: dunyodagi eng qudratli Singapur pasporti sohiblari 193 davlatga vizasiz kirish imkoniga ega.
“News week” nashri yozishicha, AQSH pasporti iyul oyidagi reytingda Islandiya va Litva bilan o‘ninchi o‘rinni band etgan edi, biroq o‘shandan beri pog‘onadan sezilarli darajada tushib, avvalgi mavqe’ini yo‘qotmoqda.
S.Rahimov, O‘zA