Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH dunyo oziq-ovqat ta’minoti uchun 250 million dollar mablag‘ ajratadi
10:36 / 2022-05-19

AQSH hukumati global oziq-ovqat yordami uchun yana chorak milliard dollar ajratmoqda.

Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Nyu-Yorkdagi vazirlar yig‘ilishida ma’lum qildi, deyiladi "Interfax" xabarida.

"Shoshilinch chora ko‘rish zarurligini hisobga olib, AQSH dunyo oziq-ovqat ta’minoti uchun yana 250 million dollar mablag‘ ajratmoqda. Shuningdek, Kongress tomonidan tez orada global insonparvarlik yordami va oziq-ovqat xavfsizligi muammosini hal qilish uchun yana 5,5 milliard dollar ajratish ma’qullanishi kutilmoqda", deyiladi AQSH Davlat kotibi bayonotida.