French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH dron yaratish bo‘yicha ortda qolyapti
09:25 / 2025-09-01

AQSH dron ishlab chiqarish va yerdan boshqariladigan qurilmalardan foydalanish borasida Rossiya va Ukrainadan ortda, deb yozdi “Politico” nashri ekspertlarga tayanib.

— AQSH armiyasi ukrainaliklar va ruslar o‘zlashtirgan zamonaviy dronlarning aql bovar qilmaydigan darajadagi zaxirasi miqdoriga yaqinlasholmaydi, — deyilgan gazeta xabarida.

Ta’kidlanishicha, bu yerda gap kamikadze toifasidagi dronlar, quruqlik qo‘shinlari uchun uchoqlar va oldingi chiziq bo‘ylab harakatlanadigan kichikroq dronlarni tashishga qodir yirik qurilmalar haqida ketyapti.

— Biz juda ortda qoldik, — deydi Amerika xavfsizligi markazi mudofaa dasturi direktori Steysi Pettijon. — Dronlarni qurollanish uchun qabul qilish muammosi shundaki, AQSHda arzon va sifatli tanlov yo‘q. Ya’ni, mamlakatda bunday dron ishlab chiqarish uchun sanoat imkoniyati yetarli emas.

May oyida “Wall Street Journal” Amerika armiyasi uchuvchisiz uchoqlardan foydalanish ko‘lamini sezilarli darajada kengaytirish rejalashtirilayotgani, har bir bo‘linma ming donadan shunday uskuna bilan jihozlanishini ma’lum qilgan edi.

Nashr ma’lumotida innovatsiya AQSH Qurolli kuchlari zaxirasini qayta ko‘rib chiqish tashabbusi doirasida joriy etilishi, mazkur loyiha uchun kelgusi besh yilda jami 36 milliard dollar zarurligi keltirilgan.

S.Rahimov, O‘zA