AQSh dollarining rasmiy kursi pastladi
O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yilning 17 dekabrdan kuchga kiruvchi xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.
O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yilning 17 dekabrdan kuchga kiruvchi xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, AQSh dollari kursi o‘tgan haftadagiga nisbatan 5,15 so‘mga pastlab, 9 532,40 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.