French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH demokratiya yo‘lida 690 million dollar sarflaydi
15:59 / 2023-03-31

Oq uyda tashkil etilgan demokratiya bo‘yicha ikkinchi xalqaro sammitda AQSH Prezidenti Jo Bayden mamlakat dunyo bo‘ylab demokratiyani qo‘llab-quvvatlash uchun 690 million dollar ajratishini ma’lum qildi.

Ma’lumki, bunday mablag‘, odatda, demokratiyaga ko‘maklashadigan samarali va shaffof boshqaruv, matbuot erkinligi, korrupsiyaga qarshi kurashish, erkin saylov va texnologiya sohalariga yo‘naltirilishi lozim.

OAV yozishicha, sammitga dunyoning 120 mamlakati rahbari taklif etildi. 73 davlat yig‘ilishning yakuniy deklaratsiyasini ma’qulladi. 2021 yil bo‘lib o‘tgan avvalgi anjumanda Bayden demokratiyani ilgari surish uchun 400 million dollar ajratilishini ma’lum qilgan edi.

O‘zA