Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportida bo‘ldi
12:10 / 2026-02-25

AQSHning “St. Jude Children’s Research Hospital” bolalar tadqiqot shifoxonasi delegatsiyasi vakillari va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash sohasi mutasaddilari Toshkent xalqaro aeroportining yuk terminalida bo‘ldi.

Aeroport infratuzilmasining tibbiy yuklarni, jumladan, maxsus tashish sharoitlari va harorat nazoratini talab qiluvchi dorivor mahsulotlarni saqlash hamda qayta ishlash imkoniyatlari bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, Toshkent aeroportining yiliga 120 ming tonnagacha o‘tkazish quvvatiga ega yuk majmuasi umumiy maydoni 8,5 ming kvadrat metr bo‘lgan omborxonalarga, shu jumladan, qat’iy harorat nazoratini talab qiluvchi yuklar, xususan, dorivor mahsulotlar uchun sovitish va muzlatish kameralariga ega.  

Barcha ixtisoslashtirilgan zonalar termodatchiklar bilan jihozlangan bo‘lib, bu zarur saqlash sharoitlarini ta’minlash imkonini beradi.  

Farmatsevtika yuklarini qayta ishlashning ishonchliligi va tezligi muhim ahamiyatga ega, chunki tashish shartlariga rioya qilish dorivor mahsulotlar sifati va insonlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatishga bevosita ta’sir qiladi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA