AQSH davlat kotibining Kolumbiyaga tashrifi Venesuelaga qarshi tahdid strategiyasining bir qismi deb baholanmoqda
“AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning Kolumbiyaga tashrifi Venesuelaga qarshi tahdid strategiyasining bir qismi va mintaqadagi barqarorlikka rahna solishga navbatdagi urinish hisoblanadi”, deyiladi Venesuela tashqi ishlar mahkamasi bayonotida.
Bayonot mahkama saytida e’lon qilingan. Bundan tashqari, mahkamadan Karakasga hujumda Bogotaning vositachi qilinishi qardosh Kolumbiya xalqiga hurmatsizlik sanaladi. Hujjatda Kolumbiya prezident Ivan Dukening siyosiy uquvsizligi tufayli eng murakkab ijtimoiy tanazzullardan birini boshidan kechirayotgani aytilgan.
Venesuela tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Kolumbiya rahbari o‘z xatolarini AQSHning qo‘llab-quvvatlovi bilan yopib yuborishni ko‘zlamoqda.