Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH davlat kotibi Misr prezidenti bilan uchrashdi
09:17 / 2021-05-27

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Misr prezidenti Abdul Fattoh As-Sisi bilan uchrashdi va unga AQSH prezidenti Baydenning isroil-falastin ziddiyatida o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi sa’y-harakatlari uchun tashakkurini yetkazdi.

“INTERFAX.RU” xabarida aytilishicha, AQSH davlat departamenti ma’lumotida, shuningdek, Blinken Misr prezidentiga amerikalik harbiylarning xavfsiz joyga evakuatsiya qilinishiga ko‘mak bergani uchun minnatdorlik bildirgani aytilgan.  

Departamentning rasmiy vakili Ned Praysning ma’lum qilishicha, Blinken AQSH va Misr munosabatlari mustahkamlanib borishiga ishonch bildirib, Misrning Liviya bo‘yicha harakatlarini yuksak baholagan.