Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo Oʻzbekistonda NNTlar tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslarni eʼtirof etdi
17:30 / 2020-04-21

Bunga javoban 7-aprel kuni bir guruh koʻngillilar tomonidan telegram kanali va bot ishga tushirildi.


AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo Oʻzbekistonda “Yuksalish” umummilliy harakati va Qozogʻistonning ARGO tashkiloti bilan hamkorlikda AQSHning xalqaro rivojlanish agentligi moliyaviy koʻmagida amalga oshirilayotgan “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturi haqida iliq fikrlar bildirdi.

U oʻz tvitter sahifasida “Yuksalish” umummilliy harakati, “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturi jamoasi, “Nihol” tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish markazi hamda koʻplab psixolog va volontyorlar tomonidan pandemiya sharoitida fuqarolarga bepul psixologik yordam koʻrsatuvchi resurs ishga tushirilganini eʼtirof etdi.

“Biz oiladagi zoʻravonlik holatlariga jiddiy eʼtibor qaratamiz, xorijda koʻrsatilayotgan yordamlarimiz ham ushbu muammoni hal qilishga qaratilgan. COVID-19 koronavirus pandemiyasi oqibatida stress va bosimni his qilayotgan oilalarga yordam berish maqsadida Oʻzbekistondagi mahalliy hamkorlar bilan ishlayotgan USAID jamoasi bilan faxrlanamiz” degan M.Pompeo.

Maʼlumot uchun: joriy yilning 26-mart kuni “Yuksalish” umummilliy harakati volontyorlar va NNT vakillarini karantin davrida yordamga muhtojlarga koʻmaklashishga chaqirgan edi. Bunga javoban 7-aprel kuni bir guruh koʻngillilar tomonidan telegram kanali va bot ishga tushirildi.