Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH davlat kotibi Germaniyani Amerikaning eng yaxshi do‘sti ekanligini e’tirof etdi
14:39 / 2021-06-24

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Germaniyani shtatlarning dunyodagi eng yaxshi do‘sti, deb atadi.

“Dunyoda AQSH uchun Germaniyadan yaxshiroq hamkor ham, do‘st ham yo‘q”, dedi Blinken Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashuvda.

Blinken AQSH prezidenti Jo Bayden kelgusi oyda kansler Merkelni Vashingtonda qarshilashni intizorlik bilan kutayotganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, avvalroq Oq uy va Germaniya hukumati Merkel 15 iyulda Vashingtonga borishi va u yerda Bayden bilan COVID, iqlim, iqtisod va xalqaro xavfsizlik muhokama qilishini ma’lum qilgandi.