English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Davlat departamentining maxsus idorasi Xitoy bilan munosabatlarni muvofiqlashtiradi
17:41 / 2022-12-19

AQSH Davlat departamentida Xitoy bilan munosabatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha “Xitoy palatasi” norasmiy nomga ega bo‘lgan idora ochildi.

«Amerika ovozi»ning qayd etishicha, idora «AQSHning Xitoy bilan raqobati va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning boshqa masalalariga mas’ul bo‘ladi».  

Davlat departamentining ma’lum qilishicha, «Xitoy palatasi» Davlat kotibi Entoni Blinken tomonidan ilgari surilgan “modernizatsiya dasturi”ni kelgusi o‘n yillikda AQSHning Xitoyga nisbatan siyosatini amalga oshirish uchun “iste’dodlar, vositalar va resurslar” bilan ta’minlaydi.    

Shu tariqa, idora Davlat departamenti va boshqa muassasalarning  turli bo‘limlaridan Xitoy bo‘yicha ekspertlar guruhini, shuningdek, xalqaro xavfsizlik, iqtisodiyot, texnologiyalar, ko‘p tomonlama diplomatiya va strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha ekspertlarni birlashtiradi.      

G. Abdullayeva, O‘zA