Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH davlat departamenti Tayvanga F-16 samolyotlari uchun o‘q-dori sotishni ma’qulladi
09:57 / 2023-03-02

Mazkur eksportning narxi 619 million dollarga baholanmoqda, deb xabar tarqatdi Pentagonning xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha agentligi.

Agentlik tarqatgan bayonotda aytilishicha, Tayvan oroliga ushbu qurollarni yetkazib berish AQSH iqtisodiyoti va xavfsizligi sohasidagi milliy manfaatlariga xizmat qiladi. Vashington shu yo‘l bilan Tayvanning mudofaa imkoniyatini oshirish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda.  

“Ushbu kelishuv mamlakat xavfsizligini mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, mintaqada siyosiy barqarorlik, harbiy muvozanat va iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash imkonini oshiradi”, - deyiladi agentlik tarqatgan bayonotda.  

Amerika ma’muriyati allaqachon AQSH Kongressining ushbu qarori  haqida  xabardor qilgan.

Qonunchilik palatasida mazkur hujjatni ko‘rib chiqish yoki rad etish  uchun bir oy vaqt bor, deyiladi xabarda.