Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH davlat departamenti Polshaga 250 ta Abrams tanklarini sotishga rozilik berdi
19:07 / 2022-02-18

Bu haqda juma kuni Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashak Twitter sahifasida ma’lum qildi.

"Polsha xavfsizligi uchun juda muhim yangilik. Davlat departamenti 250 ta Abrams tankining eng zamonaviy M1A2 SEPv3 versiyasini sotishga rozilik berdi", – deb yozdi u.

Yangi tanklar to‘rtta tank batalonini qurollantirishga yetadi. Ular mamlakat sharqidagi 18-diviziyaga beriladi. Tank sotib olish dasturini amalga oshirish uchun ajratilgan jami mablag‘ 23 milliard 300 million zlotani (6 milliard dollar) tashkil etadi. Mazkur dastur tanklardan tashqari, logistika, o‘qitish, infratuzilmani rivojlantirish va qurollanishni o‘z ichiga oladi.

Polsha 2017 yildan buyon yangi tanklar xarid qilish dasturini amalga oshirib kelmoqda. Yangi tanklar qisman Polsha qurolli kuchlaridagi 384 ta T-72 va 232 ta RT-91 Twardy tanklarining o‘rnini egallashi lozim. Polsha armiyasida shuningdek, 126 ta Leopard tanki ham bor.