Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH davlat departamenti Gaitida garovga olingan amerikalik fuqarolar qutqarilganini tasdiqladi
11:14 / 2021-12-17

"16 noyabrda o‘g‘irlab ketilgan 12 kishi, jumladan, amerikalik 11 fuqaroning barchasi ozod etilganini qutlaymiz", - deb bayonot berdi AQSH davlat departamenti vakili Ned Prays.

Xabarda keltirilishicha, u garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha ish olib borgan Gaiti politsiyasiga, xalqaro tashkilotlarga va Amerika idoralariga  minnatdorchilik bildirgan.

Oktyabr oyida Gaitida faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘plab jinoiy to‘dalarning biri sanalgan 400 Mawozo jinoiy guruhi 17 nafar xorijlik missionerni o‘g‘irlab ketgan edi. Ularning besh nafari avval qutqarib olingan.

Bundan avvalroq Wall Street Journal gazetasi gaitilik mansabdor shaxs bergan ma’lumotga tayanib, jinoiy guruh o‘g‘irlab ketgan 17 nafar missionerning har biri uchun 1 million dollar talab qilgani haqida yozgan edi.