Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Burkina-Faso prezidentini ozod qilishga chaqirmoqda
18:18 / 2022-01-25

Yakshanba kuni Burkina-Fasoda harbiylar isyoni uyushtirilgani haqida xabar tarqatilgan edi. Xabarlarda aytilishicha, prezident Kabore yakshanba kunidan buyon ommaga ko‘rinish bermayapti. Uning iste’fo bergani haqida siyosiy doiralar va xavfsizlik kuchlari manbalariga tayanib Reyter agentligi ma’lum qilgan edi.

Shundan buyon ayrim ommaviy axborot vositalari Burkina-Faso prezidenti Rosh Mark Kabore mamlakatda uyushtirilgan harbiylar isyonidan keyin iste’fo bergani haqida xabar bera boshladi. 

Masalan,  LSI Africa portali Rosh Mark Kabore oilasi Burkina-Fasoni tark etgani, harbiy isyonchilar prezidentga iste’fo berish talabini qo‘ygani haqda yozdi. Shuningdek, ayrim xabarlarda prezident jandarmeriya kuchlari tomonidan qo‘riqlanayotgani haqida ham aytilgandi. 

Burkina-Fasodagi siyosiy vaziyat xalqaro hamjamiyatni befarq qoldirmayapti. Kuni kecha AQSH ma’muriyati isyonchilar tomonidan hibsga olingan Burkina-Faso prezidenti va boshqa bir qator hukumat vakillarini zudlik bila ozod etishga chaqirdi. Bu haqda  davlat departamentining rasmiy vakili Ned Prays brifingda ma’lum qilgani aytilmoqda. 

Avvalroq Burkina-Faso harbiylari prezident Rosh Mark Kabore iste’foga chiqarilgani va hukumat tarqatib yuborilgani, konstitutsiyaga amal qilinishi to‘xtatilgani haqida bayonot bergan edi. 

"Biz Burkina-Faso prezidenti mamlakat harbiylari tomonidan ushlab turilganidan xabardormiz. Bizning Uagadugudagi elchixonamiz vaziyatni kuzatib turibdi. Prezident Kabore hamda hukumatning boshqa a’zolari zudlik bilan qo‘yib yuborilishi kerak. Xavfsizlik kuchlarini Burkina-Faso konstitutsiyasiga amal qilishga va fuqarolik hukumatni hurmat qilishga, barcha tomonni xotirjamlikni saqlashga va qarama-qarshiliklarni hal qilish uchun o‘zaro muloqot boshlashga chaqiramiz", — degan rasmiy vakil Ned Prays.