AQSH, Britaniya, Yaponiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya mexanizmi
AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlari tomonidan Tinch okeani mintaqasida sheriklikka asoslangan “Partners in the Blue Pacific” (PBP) mexanizmi ishga tushirilgani haqidagi ma’lumotni “RIA Novosti” Oq uy ma’muriyatiga tayanib tarqatgan.
"Bugun biz, 5 davlat vakillari keng ko‘lamli norasmiy mexanizmni yo‘lga qo‘ydik. “Partners in the Blue Pacific”, deb ataladigan mazkur hamkorlik Tinch okeani uchun ustuvor hisoblangan masalalarni samarali va amaliy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi", - deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, ushbu loyiha, jumladan, Tinch okeani hududining mintaqaviyligini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek bu yerda joylashgan davlatlarning boshqa mintaqalar, mamlakatlar bilan hamkorligi ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan.