AQSH, Britaniya va Germaniya rasmiylari Rossiyaga javob choralarini ko‘rish masalasini muhokama qildilar
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken, Buyuk Britaniya va Germaniya tashqi ishlar vazirlari Jan-Iv Le Drian hamda Annalena Berbok Ukraina tegrasidagi vaziyat va Rossiya tahdidi sharoitida javob choralarini ko‘rishni muhokama qildi.
"REGNUM" xabariga ko‘ra, AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays: “Harakatlarimizni muvofiqlashtirishda davom etishni muhokama qilib oldik”, deb ta’kidlagan.
Vazirlar, shuningdek, Eronning yadroviy dasturiga oid muzokaralar suratidan xavotir bildirgan va bunda Tehronning kelishuv shartlari qaytishi uchun kam vaqt qolayotganini e’tirof qilgan.
Yuqori martabali rasmiylar Xitoy-Litva munosabati va Liviyadagi saylovlar bo‘yicha fikr almashgan.