Prezident tashrifidan so‘ng...
Toshkent viloyatidagi “Miss Lighting” korxonasi 1999-yilda tashkil topgan. Kompaniya 2019-yilda birinchilardan bo‘lib 70 turga yaqin led-lampalar, 2022-yilda esa qandillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Anqara shahrida “eng tez rivojlanayotgan kompaniya” naminatsiyasida birinchi o‘rinni egallagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvarda “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Hujjatda elektrotexnika sanoati va unga yondosh sohalarni rivojlantirish, yuqori texnologiyali hamda qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish borasida vazifalar belgilab berilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-fevral kuni Ohangaron tumaniga tashrifi doirasida mamlakatimizdagi elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning ko‘rgazmasi bilan tanishgan edi. Davlatimiz rahbariga mahsulotlarini namoyish qilgan tadbirkorlar ichida “Miss Lighting” korxonasi ta’sischisi Umida Rahmonova ham bor edi.
– Davlatimiz rahbarining tashrifi, jumladan, taqdimot va tadbirlar o‘zgacha kayfiyatda o‘tdi. Ohangaronda yangi barpo etilgan elektrosanoat shaharchasi iqtisodiy imkoniyatlarni oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘lib turibdi. Shaxsan o‘zim mazkur sanoat zonasiga birinchi marta tashrif buyurganimda juda hayratga tushganman. Zero, davlatimiz rahbarining e’tibori tadbirkorlikka, xususan, elektrotexnika sanoatiga yangi imkoniyatlar taqdim etmoqda, – dedi U.Rahmonova. – 2019-yilda korxonamizda dastlabki led-lampalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. 70 xildagi mahsulotlar juda xaridorgir bo‘lib, har bir marketda o‘z o‘rnini topdi.
2022-yilda esa preferensiyalar, tadbirkorlikka keng imkoniyatlar berilgani ortidan qandil ishlab chiqarishga ham qo‘l urdik. 2024-yilda tashqi bozorga chiqdik – Dubay shahrida mahalliy brendimizni tashkil etuvchi savdo uyini ochishga muvafaq bo‘ldik. Joriy yil Dubayda undan ham yirik – ikki ming kvadratli ikkinchi “shourum”imizni ochishni rejalashtirganmiz.
Tashrif doirasida ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimizni namoyish etdik. Davlatimiz rahbarining sohaga berayotgan yengilliklari tufayli kichikina do‘kon yigirma yetti yilda yirik xalqaro kompaniyaga aylandi.
Buning yaqqol misoli sifatida mashhur dizaynerlar, moda olami vakillarining kompaniyamizga bildirayotgan qiziqishlarini aytishim mumkin. Jumladan, dunyoda “qalam bilan tug‘ilgan” taxallusi bilan tanilgan, “ANDRIANE ROSSI” kompaniyasi asoschisi Stefan Andriane biz bilan bog‘lanib, milliy maxsulotlarimiz sifati, dizayniga yuqori baho berdi.
Mashhur dizayner biz bilan xamkorlik qilishni – Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tadigan “SALONE del Mobile/Milano” xalqaro kurgazmasida ishtirok etishni taklif kildi. Bu taklif Olimpiya chempionatiga yo‘llanma olish bilan barobar, deb hisoblayman hamda ushbu tadbirda qatnashib, oltin medalni qulga kiritib, O‘zbekiston brendini dunyoga tanitishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.
Umida Rahmonova, shuningdek, davlatimiz rahbari bilan bo‘lgan muloqot, bildirilgan fikrlar, aytilgan takliflarga ham alohida to‘xtaldi.
Batafsil YouTube sahifamizda tomosha qiling.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vtTG75TriHk" title="AQSH birinchi xonimi e’tiboriga tushgan qandillar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz XUDOYBERDIEV,
Nosirjon HAYDAROV,
Ulug‘bek TO‘XTAEV (video), O‘zA