AQSH bilan Turkiya F-35 dasturi bo‘yicha maslahatlashib oldi
Pentagonning xabariga ko‘ra, Turkiya Rossiyaning S-400 havo mudofaasi tizimini sotib olgandan keyin Anqara ushbu dasturdan chetlatilgan edi.
Uchrashuv chorshanba kuni Anqara shahrida Pentagon va Turkiya mudofaa vazirligi delegatsiyalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va unda mazkur dastur bo‘yicha hal qilinmagan masalalar muhokama qilindi, deya aniqlik kiritdi AQSH mudofaa vazirligi.
"Uchrashuv AQSH hukumati Turkiyaning F-35 dasturidagi avvalgi ishtiroki bilan bog‘liq masalalarni hurmat asosida hal etish istagini namoyish qilmoqda. Muloqot samarali kechdi va delegatsiyalar kelasi oyda Vashingtonda yana bir bor uchrashib olishni rejalashtirmoqda", – deyiladi Pentagon tarqatgan bayonotda.
Bundan avval Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Anqara AQSHdan F-35 samolyotlarini xarid qilish uchun avvaldan to‘lab qo‘ygan 1,4 milliard dollarni qaytarib olish haqida bayonot bergan edi.