AQSH bilan Meksika chegarasida favqulodda holat e’lon qilindi
Amerikaning Meksika chegarasi yaqinida joylashgan El-Paso shahri meri Oskar Liser migrantlar tufayli shaharda favqulodda holat e’lon qildi.
Favqulodda holat vaziyatni bartaraf qilish uchun ko‘proq resurslar jalb qilishni anglatadi. Chunki migrantlarga boshpana berish kerak, ularni ish bilan ta’minlash zarur, deyiladi shahar hokimiyatidan tarqatilgan xabarda.
Xabarda keltirilishicha, shahar ko‘chalarida migrantlar sezilarli ravishda ko‘paygan. Ular harorat nol daraja atrofida bo‘lishiga qaramay, ochiq havoda tunashmoqda.
Chorshanba kuni migrantlarni taqsimlash ishi nihoyasiga yetkaziladi va ularning ko‘pchiligi kelgan joylariga qaytarib yuboriladi.
Shuningdek, migrantlar orasida koronavirus kasalligi keng tarqalgani aytilmoqda.